Toshkentda joriy yil so‘ngiga qadar jamoat transportida yo‘l haqi to‘lovining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish rejalashtirmoqda. Bu haqda 26ғyanvar kuni “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi raisi o‘rinbosari Mohir Valiyev jurnalistlarga ma’lum qildi.

Moxir Valiyev.

Mohir Valiyevning ma’lum qilishicha, naqd pulsiz to‘lov loyihasida avtobuslarni validatorlar bilan jihozlash ko‘zda tutilgan. Yo‘lovchilar yo‘l haqini to‘lash uchun qurilmaga maxsus plastik kartani qo‘yishi talab etiladi, to‘lov esa 0,3 soniya ichida qabul qilinadi.

“Umid qilamizki, yo‘l haqining avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi shu yilning oxiriga qadar joriy etiladi, — dedi kompaniya rahbariyati vakili. — Bu bizga shaffoflikni taqdim etib, avtobuslar harakatining muntazamligini ta’minlaydi (kompaniyaga yuborilayotgan shikoyatlarning yarmidan ziyodi harakatning muntazamligi bilan bog‘liq — tah.). haydovchilardan tushumlarni topshirish masalasi olib tashlanadi — ular yo‘lovchilar uchun poyga o‘ynashmaydi. Bu bizning ayni paytdagi asosiy maqsadimiz”.

Rejaga ko‘ra, tushum bilan alohida tuzilma shug‘ullanadi. Bunda qaysi kompaniya bilan loyihani amalga oshirish bo‘ycha yakuniy qaror qabul qilingani yo‘q.

“Toshshahartransxizmat” raisi, poytaxt hokimining o‘rinbosari Otabek Sodiqov kompaniya marshrut taksilari uchun ham avtobuslarda qo‘llanilayotgani kabi jetonlardan foydalanishni joriy etish masalasi ko‘rib chiqilayotganini qo‘shimcha qildi. Rejaga ko‘ra, muayyan nominaldagi (1000, 1500 va 2000 so‘mlik) jetonlar qo‘llanilib, yo‘lovchilar yetishmagan mablag‘ni naqd to‘lashlari mumkin.

O‘tgan yili “Toshshahartransxizmat” korxonasi tomonidan 336,7 million yo‘lovchi tashilgan, ularning 210,9 millioni — avtobuslar, 53,5 millioni — metropoliten, 5,5 millioni — mikroavtobuslar va 2,7 millioni — tramvaylar (tramvay harakati 2016 yilning 2 mayida yopildi) hissasiga to‘g‘ri keladi. 64,1 million yo‘lovchi xususiy kompaniyalar tomonidan tashilgan.

Har oyda Toshkentda o‘rtacha 69,4 ming oylik yo‘l chiptasi sotiladi.