26-yanvar 5:00 dan 28-yanvar 5:00 ga qadar Toshkentning Olmazor, Shayxontohur va Yunusobod tumanlarining ayrim qismlarida sovuq suv ta’minoti uzib qo‘yiladi, deb xabar qildi “Suvsoz” korxonasi. Korxona ma’lumotiga ko‘ra, Bog‘ishamol ko‘chasidan Yangishahar ko‘chasigacha uchastkada yangi avtomobil yo‘lining qurilishi hamda Bo‘zsuv anhori orqali ko‘prik qurilishi munosabati bilan Bo‘zsuv asosiy suv quvurlari inshootlarida suv quvurlari tarmog‘i uzib qo‘yiladi.

Sovuq suv o‘chirilidigan hududlar

Olmazor tumani

B-1 mavzesi: Chustiy mahallasi, B-3 mavzesi: Alisher Navoiy mahallasi, S-17/18 mavzelari: Sebzor, Yangi Sebzor, Taxtapul, Beruniy maydoni, Xonchorbog‘, Aloqa, Farobiy,Chimboy-2, Qorasaroy, Guzarboshi, Qo‘shtut, Allon, Eski shahar, Qumloq, Xofiz Ko‘hakiy, Abu Bakir, Istiqlol mahallalari, Chig‘atoy darvoza mahallasining Abdulla Qodiriy ko‘chasi Sebzor ko‘chasidan Farobiy ko‘chasigacha qismi, Farobiy, Mirzo G‘olib, Beruniy ko‘chalari, Talabalar shaharchasi.

Shayxontohur tumani

S-26−28 mavzelari: Gulobod, Bog‘ko‘cha, Sarxumdon, Qoratosh, Chaqar, Chorsu, Yangi Kamolon, Xuvaydo, Gulbozor, Suzukota, Islomobod, Oqlon, Shofayz, Yangishahar, Obinazir, Koxota, O‘zbekiston, Taxtapul, Katta hovuz mahallalari, 1-bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi, Navoiy ko‘chasi Samarqand darvoza ko‘chasidan Termiz ko‘chasigacha, 1-shahar klinik shifoxonasi va tug‘ruqxona, Davlat sirki, Chorsu bozori, “Jar” sport majmuasi, Abror Hidoyatov teatri, Milliy akademik drama teatri.

Yunusobod tumani

Jomiy mahallasi, Naqshbandiy, Mukarrama Turg‘unboyeva, Mirtemir, Taxtapul darvoza, Bog‘cha, Bog‘iravon, Gulg‘uncha, Avaz O‘tar ko‘chalari, Bo‘zsuv mahallasi: Bog‘ishamol ko‘chasidagi №2, 2a uylar, Mingo‘rik ko‘chasining 1- va 2-tor ko‘chalari, Obod mahallasi, Namangan, Bog‘ishamol, Qizilqo‘rg‘on, O‘rtasaroy, Mashinasozlar, Gulbog‘, Chamanzor ko‘chalari tor ko‘chalari bilan.

Quyidagi hududlarda suv bosimi pasayadi:

Olmazor tumani

Bobojonov, Nodira ko‘chalari.

Shayxontohur tumani

S-15, Beshyog‘och mavzesi, Koxota mahallasi, 3-tuman isitish qozonxonasi.

Yunusobod tumani

4-tuman isitish qozonxonasi.

Uchtepa tumani

5-tuman isitish qozonxonasi, Shayxzoda, Farhod, Qurilish, Lutfiy ko‘chasining Farhod ko‘chasidan Hirmontepa ko‘chasigacha qismi, Hirmontepa ko‘chasi Farhod ko‘chasidan Shirin ko‘chasigacha.

Sovuq suv bo‘lmaydigan joylarga suv tashuvchi avtomashinalar yuboriladi.

Ma’lumot uchun telefon raqamlari: Olmazor tumani: 246−99−57, Shayxontohur tumani: 273−52−39, 273−52−49, Yunusabod tumani: 235−25−64, 235−14−02, Uchtepa tumani: 274−83−45. Markaziy dispecherlik xizmati: 1054, 256−10−95.