13−15-dekabr kunlari AQSH Markaziy qo‘mondonligi quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni general Maykl Garret bir guruh maslahatchi va yordamchilar bilan O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

AQSH elchixonasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, Maykl Garret O‘zbekistonrga ilk tashrifi xavfsizlik bo‘yicha keng ko‘lamli hamkorlik doirasida O‘zbekiston hukumati va Mudofaa vazirligi bilan yuqori darajada olib borilayotgan muloqot davom etayotganidan dalolat beradi.

Tashrif davomida general Garret delegatsiyasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi vakillari bilan uchrashdi hamda Qurolli kuchlar akademiyasiga tashrif buyurdi.