14 va 15-dekabr kunlari Uzcard plastik kartochkalari egalari savdo uchun to‘lovlarni amalga oshirish, mobil va internet to‘lovlardan foydalanishda qiyinchiliklarga duch keldi.

11:00 dan 12:30 ga qadar terminallarning protsessing markazi bilan bog‘lanishidagi uzilishlarga tranzaksion faollikning ortishi sabab bo‘ldi, deya xabar qilindi Yagona umumrespublika protsessing markazi (YAUPM) saytida.

YAUPM PR-menejeri Javohir Qudratovning “Gazeta.uz"ga izoh berishicha, markaz tomonidan xizmat sifatini oshirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

“Yangi uskunalar keltirilmoqda, yaqin vaqtlarda texnik quvvat oshiriladi”, — ta’kidladi u.

YAUPM karta egalarini Yangi yil bayrami arafasida savdo va onlayn-to‘lovlarni kunning ikkinchi yarmida va kechki vaqtlarga rejalashtirishni tavsiya qilmoqda.