Janubiy Koreyaning Hyundai Engineering va Hyundai Engineering & Construction kompaniyalari konsorsiumi Taxiatosh IESni modernizatsiya qilish bo‘yicha tenderda g‘olib bo‘ldi, deya xabar qildi “O‘zbekenergo” AJ.

Konsorsium “Taxiatosh TESda quvvati 230−280 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz uskunasi (BGU) qurilishi” loyihasi bo‘yicha xalqaro tanlovda 457 mln dollar taklif etgan holda g‘olib chiqdi. 2015yil dekabrida e’lon qilingan tanlovda Xitoy, Janubiy Koreya va Turkiyadan 10 talabgor ishtirok etdi.-

Modernizatsiya muddati 2,5 yilni tashkil etib, bunda eskirgan bloklar foydalanishdan chiqariladi. Shartnomani dekabr so‘ngiga qadar imzolash rejalashtirilgan.
Umumiy qiymati 678,2 mln dollar bo‘lgan loyiha Osiyo taraqqiyot bankining 300 mln dollarlik krediti, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 230,7 mln dollarlik mablag‘i va “O‘zbekenergo"ning shaxsiy mablag‘lari evaziga amalga oshiriladi.
Taxiatosh GESning o‘rnatilgan quvvati 730 MVt bo‘lib, birinchi energoblok 1956, oxirgisi (beshinchisi) 1967 yilda o‘rnatilgan. Elektrostansiya respublikaning shimoli-g‘arbiy qismlari — Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini elektr energiyasi bilan ta’minlaydi.