8-yanvar O‘zbekistonda Prokuratura organlari kuni sifatida nishonlanadi. Bu haqdagi qonun Oliy Majlis Senatining sakkizinchi yalpi majlisida qabul qilindi.Hujjat Prezident tomonidan imzolanganidan so‘ng kuchga kiradi.

1992-yil 8-yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Prezidentining farmoni qabul qilingan edi. Majlisda qayd etilganidek, kasb bayramining belgilanishi prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, ularni o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga rag‘batlantirishga ko‘maklashadi.