8−9-dekabr kunlari Toshkentda suv bilan bog‘liq munosabatlarning barcha yo‘nalishlarida hamkorlikni chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish uchun O‘zbekiston va Qozog‘iston ishchi guruhlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot xizmati.

O‘zbekiston delegatsiyasiga qishloq va suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Shavkat Xamrayev hamda Qozog‘iston delegatsiyasiga qishloq xo‘jaligi vazir o‘rinbosari Yerlan Nisanbayev boshchilik qildi.

Muzokaralar chog‘ida yaqinda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston-Qozog‘iston muloqotlari davomida erishilgan kelishuvlar nuqtai nazaridan suv masalalari bo‘yicha ikki mamlakat hamkorligining amaliy jihatlari do‘stona va konstruktiv ruhda muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra tegishli Bayonnoma imzolandi. Ishchi guruhlarning navbatdagi uchrashuvi Qozog‘iston hududida bo‘lib o‘tadi.