Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekistonning yangi saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabriknoma yo‘lladi, deya xabar qildi Turkmaniston Davlat axborot agentligi.

Maktubda Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarning yuqori darajasi, shuningdek, kelgusida siyosiy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda o‘rnatilgan sermahsul hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash tarafdori ekani qayd etiladi.