Yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Prezident saylovida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Xatamjon Ketmonov Shavkat Mirziyoyevni g‘alaba bilan tabrikladi.

3,73 foiz yoki 669,18 ming ovoz to‘plagan to‘plagan Xatamjon Ketmonov dushanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda partiya Markaziy saylov komissiyasi tomonidan e’lon qilingan saylov yakunlarini tan olishini ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, saylov ochiqlik va demokratiya tamoyillari asosida bo‘lib o‘tdi. O‘zXDPning saylovdagi ishtiroki partiya uchun kelgusida faoliyatida muhim va mas’uliyatli bosqich bo‘ldi, dedi Xatamjon Ketmonov.

O‘zXDP rahbari mamlakat yangi Prezidentiga mamlakat tinchligi va taraqqiyotini ta’minlashdagi faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.

Xatamjon Ketmonov, shuningdek, unga ovoz bergan saylovchilarga va partiya tarafdorlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.