Soat 12 dagi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti saylovida 9 million 300 ming 221 saylovi ovoz berdi. Bu jami saylovchilarning (20,428 million) 45,5 foizi demakdir.

Prezident saylovi to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra, agarda saylovchilarning eng kamida 33 foizi ishtirok etgan taqdirda saylov bo‘lib o‘tgan, deb hisoblanadi.

Ovoz berish 6:00 da boshlanib, 20:00 ga qadar davom etadi.