Yakshanba kuni o‘tayotgan hafta davomida ilk bor havo harorati nol darajalik ko‘rsatkichdan yuqorilaydi. O‘zgidromet bashoratiga ko‘ra, 27-noyabr kuni O‘zbekistonning markaziy va janubiy viloyatlarida havo sekin-astalik bilan ilishni boshlaydi. Keyingi kunlarda esa respublikaning boshqa hududlarida ham harorat ko‘tariladi.

26-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. 27-noyabr kuni yog‘inarchiliklar kuzatilmaydi, tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol shimoli-sharqdan 5−10 m/s tezlikda esadi, 26-noyabr kuni 12−17 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat 26-noyabr kuni kechasi −9…−7 daraja Selsiy, kunduzi −5…−3 daraja, 27-noyabr kuni kechasi sovuq −12…−10 darajagacha kuchayishi, kunduzi 0…+2 darajaga ilishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyati hududida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat 26 noyabr kuni kechasi −12…−7 daraja Selsiy, kunduzi −7…−2 daraja, 27-noyabr kuni kechasi −10…−5 daraja, kunduzi −5…−0 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 26 noyabr kuni ayrim joylarda qor yog‘ish ehtimoli bor, 27-noyabr kuni yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi −12…−7, kunduzi −5…−0 daraja bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 26 noyabr kuni ayrim joylarda qor yog‘ishi mumkin, 27-noyabrda yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 26-noyabr kuni 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat 26-noyabr kechasi −12…−7, kunduzi −5…−0 daraja, 27-noyabr kuni kechasi −12…−7 daraja sovuq, kunduzi 0…+5 daraja atrofida bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 26 noyabr kunlari ayrim joylarda qor yog‘ishi, 27-noyabrda esa tuman tushishi mumkin. Shamol shimoli-sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 26-noyabr kuni 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat 26-noyabr kechasi −10…−5, kunduzi −5…−0 daraja, 27-noyabr kuni kechasi −10…−5 daraja sovuq, kunduzi −2…+3 daraja atrofida bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havoning o‘zgarib turashi, 26-noyabrda joylarda qor yog‘ishi, 27-noyabr kuni esa yog‘ingarchiliklar kuzatilmasligi, tuman tushishi ehtimoli haqida xabar qilindi. Shamol sharqdan 5−10 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-noyabr kuni kechasi −7…−2, kunduzi — −5…−0 daraja, 27-noyabr kechasi — −12…−7, kunduzi −5…−0 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi. 26-noyabr kuni joylarda qor va tuman bo‘lishi, 27-noyabrda yog‘ingarchiliklar kuzatilmasligi, joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. 26-noyabr kuni sel kelishi xavfi mavjud. Shamol shimoli-sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, 26-noyabr kuni 15−20 m/s ga qadar kuchayishi mumkin. Harorat kechasi −18…−13, kunduzi −3…−8 daraja bo‘lishi kutilmoqda.