Prezidentlikka O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan nomzod Xatamjon Ketmonov 15-noyabr kuni Camarqand viloyatida saylovchilar bilan uchrashdi, xabar qildi partiya matbuot xizmati.

Xatamjon Ketmonov dasturi bilan saylovchilarni tanishtirar ekan, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda davlatning tartibga soluvchanlik rolini mustahkamlash, mazkur ustuvorlikka amal qilgan holda, yetakchi ijtimoiy sohalarning tijoratlashuvini cheklash, jamiyatning barcha a’zolarining ishonchli ijtimoiy kafolatlari ta’minlanishi masalalarida biznes mas’uliyatini oshirish lozimligini ta’kidladi.

Nomzod ilgari surgan takliflar qatorida sud mexanizmlari ommabopligini kengaytirish va mazkur masalalarda sud nazoratini kuchaytirish hisobiga sud qarorlari ijrosi sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish, sudlarda ishlarni ko‘rib chiqish jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish, fuqarolarning sudga murojaat qilishi va sud hujjatlarini olishining elektron tizimini keng joriy qilish ham o‘rin olgan.