O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi hamda uning hududiy bo‘linmalari Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish vaqtida xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha choralarni amalga oshirmoqda. Bu haqda IIVning inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i Ilhom Turg‘unov «Narodno slovo» nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Ichki ishlar organlari saylov kampaniyasi davrida jamoatchilik tartibini saqlash, fuqarolar va respublika mehmonlari xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur choralarni amalga oshirmoqda», — xabar qildi u.

«Saylov okruglari va uchastkalarida xavfsizlikni ta’minlash uchun kerakli miqdordagi ichki ishlar xodimlari, avtotransport, aloqa vositalari va boshqa qurilmalar ajratildi. Saylov uchastkalari yong‘in haqida avtomat ogohlantirish tizimlari bilan ta’minlandi», — qayd etdi IIV vakili.

«Saylov kuni yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks ishlar olib borilmoqda. Misol uchun, saylov uchastkalariga eltuvchi yo‘llarga qo‘shimcha yo‘l belgilari o‘rnatilmoqda. Bugungi kungacha saylov uchastkalari yaqinidagi 3953 avtoturargoh shay holga keltirildi», — qayd etdi Ilhom Turg‘unov.