O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Eldor Shomurodov Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralashi uchinchi bosqichi doirasidagi Janubiy Koreyaga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Janubiy Koreya — Osiyoning eng kuchli terma jamoalaridan biri hisoblanadi. Oldimizda juda qiyin bahs bizni kutib turibdi. Ammo yaxshi natija bilan safardagi o‘yindan qaytib kelishga harakat qilamiz».

Saralash bosqichidagi to‘rt o‘yinda Janubiy Koreya termasi oltita gol urib, beshta golni o‘tkazib yubordi. O‘zbekiston futbolchisi raqibning himoyadagi xatolaridan unumli foydalanish kerak, deb hisoblaydi.

«Janubiy Koreyaning hujum chizig‘i juda kuchli. Lekin himoyada ularda xatolari yetarli, — qayd etdi 21 yoshli yarim himoyachi. — Biz aynan o‘sha xatolardan foydalanishga harakat qilamiz».

Beshinchi turga qadar O‘Zbekiston O‘Zbekiston 9 ochko bilan «A» guruhida ikkinchi o‘rinni egallaydi. Birinchi o‘rinda Eron (10) bo‘lsa, uchinchi o‘rinni Janubiy Koreya (7) band etib turibdi.

Oktyabr oyida Shomurodov Rossiyaning futbol menejmenti sohasidagi ProSports Management kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.