Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi Dorixonalarda mavjud bo‘lishi zarur bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risidagi hujjat loyihasini tayyorladi. Hujjat muhokama uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilindi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident v. b. Shavkat Mirziyoyevning yaqindagina imzolagan “Aholini dori-darmon vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashni yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorida yangilangan ro‘yxatni tayyorlash buyrug‘i o‘rin olgan edi.

Taqdim etilayotgan ro‘yxatda 70 turdagi dori vositasi va olti turdagi tibbiy buyum o‘rin olgan (amaldagi barcha dorixonalar uchun majburiy bo‘lgan chegaralangan chakana narx bo‘yicha sotiluvchi birinchi yordam dori vositalarining 20 nomdagisi joy olgan).

Taklif etilayotgan ro‘yxat

Dori vositalari

  1. A+B sennozidlar (tabletkalar)
  2. Azitromitsin (tabletkalar, yoki kapsulalar, yoki suspenziya)
  3. Aktivlangan kumir (tabletkalar)
  4. Allapinin yoki Amiodaron (tabletkalar)
  5. Albendazol (tabletkalar yoki suspenziya)
  6. Alyuminiy va magniy birikmalari (tabletka, yoki kapsulalar, yoki ichish uchun suspenziya)
  7. Ambroksol, yoki Bromgeksin, yoki Pertussin, yoki Mukaltin (tabletkalar, yoki sirop, yoki eritma)
  8. Aminofillin (tabletkalar)
  9. Amlodipin (tabletkalar)
  10. Ammiak 10% li suvli eritma (eritma)
  11. Amoksitsillin (tabletkalar, yoki kapsulalar, yoki suspenziya tayyorlash uchun kukun)
  12. Ampitsillin (tabletkalar, yoki kapsulalar, yoki ichish uchun suspenziya)
  13. Askorbin kislotasi + Rutozid (Askorutin) (tabletkalar)
  14. Atenolol (tabletkalar)
  15. Asetilsalitsil kislotasi (tabletkalar)
  16. Asiklovir (tabletkalar, yoki surtma, yoki krem)
  17. Bendazol, yoki Papaverin (tabletkalar yoki suppozitoriylar)
  18. Borat kislotasi 3% li spirtli eritma (eritma)
  19. Valeriana ildizi va ildizpoyasi, yoki Arslonquyruq o‘ti, yoki Limon o‘ti bargi (nastoyka, yoki o‘simlik xom ashyosi, yoki qobiq bilan qoplangan tabletkalar)
  20. Vodorod peroksidi 3%li eritma (eritma)
  21. Glitserin (eritma)
  22. Glitsin (tabletkalar)
  23. Dala qirqbo‘g‘imi o‘ti yoki Achchiq shuvoq o‘ti, yoki Tukli Erva (pol-pola) o‘ti (o‘simlik xom ashyosi)
  24. Diklofenak, yoki Ibuprofen, yoki Meloksikam (tabletkalar, yoki kapsulalar, yoki suspenziya; surtma, yoki gel, yoki krem)
  25. Dorivor Altey, yoki Oddiy Qizilmiya ildizi, yoki Tog‘rayxon o‘ti (sirop yoki o‘simlik xom ashyosi)
  26. Drotaverin (tabletkalar)
  27. Do‘lana mevasi (nastoyka yoki o‘simlik xom ashyosi)
  28. Indapamid, yoki Gidroxlortiazid, yoki Spironolakton, yoki Furosemid (tabletkalar)
  29. Yod 5% spirtli eritma (eritma)
  30. Yod + [Kaliya yodid+Glitserol] (Lyugol glitserinli eritma) (eritma)
  31. Ixtammol yoki Degot+Kseroform (Liniment balzamicheskiy (Po Vishnevskomu) (surtma)
  32. Kaliy yodidi (tabletkalar)
  33. Kalsiy glyukonat (tabletkalar)
  34. Kiyik o‘ti (o‘simlik xom ashyosi)
  35. Klotrimazol yoki Nistatin (tabletkalar, yoki krem, yoki surtma)
  36. Analgetik-antipiretik (paratsetamol) + antigistamin saqlovchi vosita (xlorfeniramin yoki feniramin yoki setirizin) va/yoki alfa-adrenomimetik (fenilefrin) va/yoki vitamin (asokrbin kislotasi) va/yoki kofein saqlovchi majmuaviy preparat (ichish uchun eritma tayyorlash uchun kukun, yoki tabletkalar, yoki kapsulalar, yoki sirop)
  37. Qovoq urug‘i (o‘simlik xom ashyosi)
  38. Loperamid (tabletkalar yoki kapsulalar)
  39. Malaxit ko‘ki 1%li eritma (eritma)
  40. Mentol + novokain + anestezin saqlovchi eritma (Menovazin) (eritma)
  41. Metoklopramid (tabletkalar)
  42. Metronidazol (tabletkalar)
  43. Moychechak gullari yoki Tirnoqgul gullari (o‘simlik xom ashyosi)
  44. Nafazolin yoki Ksilometazolin (burun tomchilari)
  45. Na’matak mevasi (o‘simlik xom ashyosi, yoki eruvchan ekstrakt, yoki sirop)
  46. Niklozamid (tabletkalar yoki kukun)
  47. Omeprazol (kapsulalar)
  48. Pankreatin (tabletkalar yoki kapsulalar)
  49. Paratsetamol (tabletkalar, yoki sirop, yoki suppozitoriylar)
  50. Pentoeritril tetranitrat (Erinit) yoki Nitroglitserin (tabletkalar)
  51. Ranitidin (tabletkalar)
  52. Salitsil kislotasi (eritma)
  53. Sulfametoksazol + trimetoprim (tabletkalar yoki suspenziya)
  54. Sulfatsetamid (Sulfatsil natriy), yoki Xloramfenikol, yoki Siprofloksatsin (ko‘z tomchilari)
  55. Taurin (ko‘z tomchilari)
  56. Temir birikmalari (tabletkalar, yoki kapsulalar, yoki sirop)
  57. Tetratsiklin (tabletkalar, yoki kapsulalar, yoki surtma)
  58. Teshik dalachoy o‘ti (o‘simlik xom ashyosi)
  59. Trimetazidim (tabletkalar)
  60. O‘t xaydovchi yig‘ma yoki Xolosas (o‘simlik xom ashyosi / eritma)
  61. Flukonazol (kapsulalar)
  62. Xloramfenikol (tabletkalar yoki kapsulalar)
  63. Setirizin yoki Loratadin (tabletkalar, yoki tomchilar, yoki sirop)
  64. Sinnarizin yoki Piratsetam (tabletkalar yoki kapsulalar)
  65. Siprofloksatsin yoki Levofloksatsin yoki Ofloksatsin (tabletkalar)
  66. Sitramon (tabletkalar)
  67. Enalapril (tabletkalar)
  68. Ergokalsiferol (eritma)
  69. Essensial fosfolipidlar, yoki fosfolipidlar (kapsulalar)
  70. Etil spirti 70% (eritma)

Tibbiy buyumlar

  1. Shpritslar (bir marotaba ishlatiladigan)
  2. Infuzion sistemalar (bir marotaba ishlatiladigan)
  3. Tibbiy paxta (sterillangan yoki sterillanmagan)
  4. Bint (sterillangan yoki sterillanmagan)
  5. Doka (tibbiy)
  6. Tibbiy qo‘lqop