10−11-noyabr kunlari Toshkentda “Fundamental va amaliy fizika rivojlanishining yangi tendensiyalari: muammolar, yutuqlar, istiqbollar” mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tadi.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mazkur anjuman tashkilotchilari hisoblanadi.

Simpozium davomida nazariy va eksperimental fizika, astrofizika muammolari, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish masalalari, fizika fani yangiliklari muhokama qilinadi.