3-noyabr kuni Yaponiya hukumati joriy yilda imperatorlik ordeni bilan taqdirlangan chet el fuqarolari ro‘yxatini e’lon qildi, xabar qildi yapon diplomatik missiyasi matbuot xizmati “Gazeta.uz"ga.

Internatsiya qilingan yapon askarlari muzeyi direktori Jalil Sultonov “Otayotgan quyosh, oltin va kumush nurlar ordeni” bilan taqdirlandi. “Janob Sultonov O‘zbekistonda 1940-yillarda yashagan yaponlar tarixini saqlab qolish yo‘li bilan Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamjihatlikni mustahkamlashda ulkan hissasini qo‘shdi”, — qayd etdi elchixona.

Internatsiya qilingan yapon askarlari muzeyi 1998 yilda tashkil etilgan. Sultonov uni o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobiga ochgan bo‘lib, hozirga qadar Ikkinchi jahon urushidan so‘ng O‘zbekistonga kelib qolgan yapon asirlari faoliyatga oid ma’lumot va buyumlarni yig‘ib kelmoqda.