Beeline operatorining O‘zbekistondagi abonentlari soni joriy yil uchinchi choragi yakunlariga ko‘ra 9,6 millionni tashkil etdi, deyiladi «VыmpelKom» guruhi hisobotida. 2015 yilning xuddi shu davrida bu ko‘rsatkich 10,2 millionni tashkil etgan edi.

Kompaniyaning umumiy tushumi yanvar-sentyabrda 502 mlrd so‘mni tashkil etib, bu o‘tgan yilning xuddi shu davrigi ko‘rsatkichga nisbatan 5 foiz ko‘p demakdir. Bunda mobil aloqa xizmatidan olingan daromad 499 mlrd so‘m (+5%), shu jumladan, ma’lumotlarni yetkazish xizmati — 95 mlrd so‘m (+7%)ni tashkil etdi. Kapital harajatlar esa 112 mlrd so‘mdan iborat bo‘ldi.

EBITDA ko‘rsatkichi (asosiy vositalarning ishdan chiqishi, nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi va aktivlarning qadrsizlanishi bilan bog‘liq zararlarni ayirib tashlashgacha bo‘lgan operatsion foyda) 11 foizga o‘sib, 287 mlrd so‘mga yetdi.

Yanvar-sentyabr oylarida bir nafar abonentga o‘rtacha oylik hisob (ARPU ko‘rsatkichi) 17,52 ming so‘mni, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 14 foiz ko‘proqni tashkil etdi. MOU ko‘rsatkichi (bir oyda bir abonent tomonidan foydalanilgan daqiqalar ko‘rsatkichi) — bir yil avvalgi 550 daqiqaga nisbatan 558 daqiqa.