Vazirlar Mahkamasi 27-oktyabrdagi qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Faxrif donori” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartish kiritdi.

Endilikda eng kamida 40 marta qon, eng kamida 60 marta uning tarkibiy qismlarini beg‘araz topshirgan donorlarga ko‘krak nishoni bilan eng kam oylik ish haqining besh barobari miqdorida bir yo‘la pul mukofoti taqdim etiladi.

Eslatib o‘tamiz, “faxriy donorlar” statsionar davolanish-profilaktika muassasalarida (pulli shifoxona va bo‘limlardan tashqari) bepul ovqatlanish huquqiga ham ega.