Moskva markazidagi xiyobon O‘zbekistonning birinchi Prezidenti nomi bilan ataladi. Mazkur maskan Yakimanka tumanida respublikaning konsullik bo‘limi hamda mehmonlar uyi yaqinida joylashgan, xabar qilindi Moskva Meriyasi saytida.

Rossiya va O‘zbekistonning ilm-fan, siyosat va san’at namoyondalari shahar rahbariyatiga konsullik yaqinidagi nomsiz xiyobonni Islom Karimov nomi bilan atash iltimosi bilan chiqdi. Uncha katta bo‘lmagan xiyobonga O‘zbekistonning birinchi Prezidenti nomini qo‘yish to‘g‘risidagi qaror loyihasi Moskva hukumatining 1 noyabrdagi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.

Bundan avval Moskva meri o‘rinbosari Leonid Pechatnikov raislidagi Shahar hududiy birliklarni nomlash mahkamalararo komissiyasi Islom Karimov sharafiga yodgorlik xiyoboninini tashkil etish taklifini qo‘llab-quvvatlagan edi.