27-oktyabrdan O‘zbekistonda sekin-astalik bilan havoning isishi kuzatiladi. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, oy oxirida respublikaning shimoli-g‘arbida kunduzgi eng yuqori havo harorati 26-oktyabr bilan solishtirilganda 5 daraja Selsiyga, janubi-g‘arbiy, markaziy va sharqiy qismlarda 9−13 va O‘zbekiston janubida 7−8 darajaga ko‘tariladi.

Toshkentda 28−29-oktyabr kunlari havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi — +5…+7, kunduzi — +15…+17 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, 28 va 30-oktyabrda yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. 29 va 31-oktyabrda ayrim joylarda bir oz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 28-oktyabr kechasi −5…−0, kunduzi — +5…+10 daraja, 29−31-oktyabr kechasi — +2…+7, kunduzi -+5…+10 dan +10…+15 atrofida o‘zgarib turadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 28 va 30-oktyabrda ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 29 va 31-oktyabrda yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol g‘arbiyga aylanib, 7−12 m/s tezlikda esishi, 28-oktyabr kuni joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-oktyabrda kechasi- 0…+5, kunduzi — +13…+18 daraja, 29−31-oktyabr kechasi — +3…+8, kunduzi — +18…+23 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdayor viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, 28 va 30-oktyabr kunlari ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 29 va 31-oktyabr kunlari yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol g‘arbiyga aylanib, 7−12 m/s tezlikda esishi, 28 oktyabr kuni joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-oktyabrda kechasi- +2…+7, kunduzi — +13…+18 daraja, 29−31-oktyabr kechasi — +5…+10, kunduzi — +18…+23 daraja bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol g‘arbiyga aylanib, 7−12 m/s tezlikda esishi, 28-oktyabr kuni joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28−30-oktyabr kechasi — +5…+10, kunduzi — +15…+20 daraja, 31-oktyabr kechasi — +8…+13, kunduzi — +20…+25 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyati bo‘yicha o‘zgaruvchan havo kuzatiladi. 28 va 30-oktyabr kunlari ayrim joylarda bir oz yomg‘ir yog‘adi. 29 va 31-oktyabrda yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol g‘arbiyga aylanib, 7−12 m/s tezlikda esishi, 28-oktyabr kuni joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28−30-oktyabr kechasi — +3…+8, kunduzi — +15…+20 daraja, 31-oktyabr kechasi — +7…+12, kunduzi — +20…+25 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi. 28 va 30-oktyabr kunlari ayrim joylarda bir oz yomg‘ir yog‘adi. 29 va 31-oktyabrda yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Sharqiy shamol g‘arbiyga aylanib, 7−12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28−29-oktyabrda kechasi — +2…+7, kunduzi — +12…+17 daraja, 30−31-oktyabr kechasi — +5…+10 iliq, kunduzi — +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi. 28 va 30 oktyabrda yog‘ingarchiliklar bo‘lishi mumkin. 29 va 31-oktyabrda yog‘ingarchiliklar kuzatilmaydi. Joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol g‘arbiyga aylanib, 7−12 m/s tezlikda esishi, 28-oktyabr kuni joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 28-oktyabr kuni havo harorati kechasi −3…+2, kunduzi — +5…+10 daraja, 29−31-oktyabr kechasi — +1…+6, kunduzi — +8…+13 darajani tashkil etadi.