27-oktyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha katta maslahatchisi Humoyun Qayumiy va Prezidentning Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiya bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus vakili Muhammad Shokir Korgarni qabul qildi.

TIV matbuot xizmatining xabar qilishicha, Afg‘oniston tomoni mamlakatimizga ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish hamda shu kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tayotgan 10 Xalqaro sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi ishida ishtirok etish uchun kelgan.

Suhbat davomida o‘zaro manfaatli O‘zbekiston-Afg‘oniston aloqalari holati va ularni mustahkamlash va kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi, oily va yuqori darajalardagi uchrashuvlar doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqildi.