24-oktyabr kuni O‘zbekiston Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi. Farmon matni O‘zA tomonidan e’lon qilindi.

Mamlakatda jamoat xavfsizligi, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasidagi ko‘p yillik fidokorona mehnati, xizmat burchini bajarish va milliy manfaatlarimizni himoya qilishda mardlik va jasorat ko‘rsatgani hamda yosh avlodni ona-Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh xodimlar “Mehnat shuhrati”, II darajali “Shon-sharaf”, “Do‘stlik”, “Mardlik” ordenlari, “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallari bilan taqdirlandi.

25-oktyabr kuni O‘zbekistonda Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni sifatida nishonlanadi.