Toshkentda joriy yil ochilning Vengriyaning O‘zbekistondagi elchixonasi 20 oktyabr kuni billiy bayramga bag‘ishlangan ilk tadbirini o‘tkazdi, xabar qildi “Turkiston-press” NAA.

Venger xalqi 1989 yildan buyon 23 oktyabr kuni 3-Venger respublikasi tashkil etilgan sanani nishonlaydi. Bundan tashqari, joriy yilda mamlakat 1956 yildagi Venger inqilobining 60 yilligini ham nishonlaydi.

Vengriya O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlarni 1992 yil 3 martda o‘rnatgan, bu yil esa Toshkentda o‘z elchixonasini ochdi.

“Vengriya O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi muhim sheriklardan biri sifatida ko‘radi va mamlakatning jahon siyosatidagi o‘sib borayotgan rolini tan oladi”, — dedi Vengriya elchisi Peter Santo. Diplomatning ta’kidlashicha, elchixona ochilishi nafaqat ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy munosabatlar, balki madaniyat, ta’lim va turizm sohalari rivojiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

2015 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi mahsulot ayirboshlash hajmi 44,5 mln dollardan ko‘proqni tashkil etdi. O‘zbekistonda Vengriya sarmoyadorlari ishtirokidagi uchta korxona faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning ikkitasi hamkorlikdagi, bittasi 100 foizlik venger kapitali hisobiga tashkil etilgan.