Berlinda «Normand to‘rtligi» muzokaralari

Berlinda Germaniya, Rossiya, Ukraina va Fransiya rahbarlari ishtirokida «Normand to‘rtligi» muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv uch soatdan ziyodroq davom etdi. Qatnashchilar Ukraina janubi sharqidagi vaziyatni o‘nglashda Minsk shartnomasiga tayanish lozimligini tasdiqlab, mazkur bitim shartlarini ado etishga tayyorligini bildirdi. «To‘rtlik» YeXHTning Donbassdagi missiyasini kengaytirishga shayligini tasdiqladi. Bunda gap og‘ir texnikani olib chiqish va saqlash zonalari haqida ham ketmoqda. Muzokaralar qatnashchilari Ukraina bo‘yicha gumanitar mazmundagi masalalarning bir qismigagina oydinlik kiritishga muvaffaq bo‘lishdi. [RIA Novosti]

ISHID jangarilari Iroqning Mosul shahrini tark etishni boshladi

«Islom davlati» terroristik guruhi jangarilari dushanba kuni keng miqyosli ozod qilish operatsiyalari boshlanganidan so‘ng Iroqning Mosul shahrini tark etishni boshladi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, eng kamida 100 nafar to‘daboshi Suriya tomonga otlangan. Mosul 2014 yildan buyon ISHIDning asosiy tayanch markazlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Shaharga Iroq harbiy va politsiya kuchlari, shuningdek, kurd tuzilmalari AQSH boshchiligidagi koalitsiya yordamida keng miqyosda hujum uyushtirmoqda. [RIA Novosti]

Julian Assanj internetdan uzib qo‘yildi

Ekvador hukumati 2012 yildan buyon WikiLeaks portali asoschisi Julian Assanj yashirinib kelayotgan Londondagi elchixonasida internetni o‘chirdi. So‘nggi kunlarda WikiLeaks AQSH prezidentligiga nomzod Hillari Klinton saylov shtabi rahbari Jon Podestning maktublarini erkin foydalanishga e’lon qilgan edi. [RIA Novosti]

Olimlar YexoMars missiyasining Schiaparelli moduli signallarini kutmoqda

Yevrokengash va Rossiyaning Marsda hayot alomatlarini izlash bo‘yicha hamkorlikdagi YexoMars-2016 loyihasi mutaxassislari qizil sayyora sathiga qo‘nishi lozim bo‘lgan Schiaparelli modulidan signal kelishini kutmoqda. Qo‘nish vaqtida modul parashyutning ochilishi va issiqlik ekranining tashlab yuborilishi haqida signal yubora olar edi. Biroq eng past balandlikka yetganda signal yo‘qoldi. Missiya vazifasi — sayyora atmosferasida metan gazi mavjudligini isbotlashdan iborat. Bu esa o‘tmishdagi yoki ayni paytdagi Marsda hayot alomatlari mavjudligini tasdiqlaydi va 2020 yilga mo‘ljallangan ExoMars ekspeditsiyasining keyingi bosqichidagi asosiy texnologik tayyorgarliklarni ham belgilab beradi. [RIA Novosti]

Tesla`ning yangi avtomobillari avtopilot bilan jihozlanadi

Tesla tomonidan ishlab chiqariladigan barcha avtomobillar, shu jumladan, Model 3 ham to‘liq avtomat boshqaruv uchun jihozlar bilan ta’minlanadi, xabar qildi kompaniya. Elektrokarlar ishlab chiqaruvchisi murojaatida keltirilishicha, bunda mashinalar xavfsizligi inson ta’minlashi mumkin bo‘lgandan ancha yuqori bo‘ladi. Avtomobillar 360 darajali ko‘rish imkoniyatiga ega kameralar, qattiq va yumshoq ob’ektlarni aniqlovchi yangicha ultratovush datchiklari, har qanday ob-havoda ham mavjud vaziyat haqida ma’lumotlar oluvchi radarlar bilan ta’minlanadi. [Tesla]