Maishiy texnika bozorida o‘z servis markazlariga ega yirik kompaniyalar ishlab chiqarish sifati va iste’molchi haqida g‘amxo‘rlik qilishni avtomatik ravishda kafolatlaydi. Maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi Artel kompaniyasi ham o‘z mahsulotlarining sifati, qulayligi va foydalanishda ishonchli ekanligiga kafolat beradi.

Mana ikki yildan oshdiki, Artel mahalliy markasi xaridorlarga poytaxt hamda mamlakatning har bir viloyatida o‘z xizmatlarini taklif qilmoqda. Kompaniyaning eng yangi texnologiyalarni qo‘llovchi professional ustalari xizmat ko‘rsatishga tayyor. Bugungi kunga kelib, kompaniyada 300 nafardan ortiq malakali mutaxassislar faoliyat olib bormoqda, va u bu bilangina to‘xtab qolmaydi.

Artel maishiy texnikasini ekspluatatsiya qilishda savollar tug‘ilgan taqdirda respublikaning istalgan nuqtasidagi servis markaziga murojaat qilish mumkin bo‘ladi, kompaniya mutaxassislari ko‘mak berishdan faqat xursand bo‘ladi. Kompaniya hech qachon mijozlari bilan aloqani uzmaydi, zero har bir mijoz u uchun qadrli. Artel mijozlarning qulayligi haqida qayg‘uradi.

Shu munosabat bilan kompaniya ma’lum qiladiki, endilikda Artel servis markazlari Navoiy viloyatining Zarafshon hamda Buxoro viloyatining G‘ijduvon shaharlarida o‘z xizmatlarini yo‘lga qo‘yadi.

Servis markazlarida mutaxassislar mijozlar tomoninidan xarid qilingan Artel savdo markasining texnikasi bilan bog‘liq har qanday muammoni hal qilishga doim tayyor.

Batafsil ma’lumot uchun Artel’ning yagona axborot markaziga murojaat qilish mumkin: (+99871) 148−88−88.

Yangi servis markazlarining manzillari:

  1. Navoiy viloyati, Zarafshon shahri, 12-mikrotuman.
  2. Buxoro viloyati, G‘ijduvon shahri, Yunus Hamadoniy ko‘chasi, 7-uy.

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan.