O‘zbekiston poytaxtida 10-sentyabrdan 10-oktyabrgacha o‘tkazilgan “Toza havo” operatsiyasi jarayonida 15,6 mingdan ziyod avtotransport vositasi ishlab chiqarayotgan gazlar miqdori va zaharlilik darajasi tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu haqda “Vecherniy Tashkent” gazetasi xabar qildi.

YPX postlarida tekshirilgan 14968 avtomobilning 1035 tasida belgilangan me’yorlardan ortiqcha gaz ishlab chiqarilayotgani aniqlandi. Yana 660 avtomobil esa shahar ichidagi ekologik postlarda tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning 60 tasida yuqoridagi holat mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

6058 dona avtotransport vositasida zaharlilik darajasi (437 tasida — me’yoridan ortish), 9570 mashinada (658 tasida — me’yoridan ortish) esa tutun miqdori tekshirildi.

Tahlillar so‘nggi yillarda ishlab chiqarilgan zamonaviy avtomobillarda tutun va zaharlilik darajasi yetti yildan oshgan mashinalarga nisbatan kamroq ekanini ko‘rsatdi.