23−30 sentyabr kunlari Orlando (Florida shtati, AQSH)da kikboksing va karate bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda kikboksing bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bittadan oltin va bronza medalini qo‘lga kiritdi, deya xabar qildi O‘zA.

Jahon birinchiligida 33 mamlakatdan sportchilar ishtirok etdi. Ahmat Alimbekov 86 kilogramgacha vazn toifasida barcha raqiblaridan ustun kelib, eng yuqori pog‘onani band etdi.

75 kilogramgacha vazn toifasida esa Fazliddin Vahobov bronza medalini qo‘lga kiritdi.