Kikboksing bo‘yicha Rossiyaning Anapa shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bittadan oltin va kumush hamda ikkita bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zA xabar qildi.

20 dan ziyod mamlakatning 1000 nafardan ortiq sportchisi ishtirok etgan musobaqalarda Nodir Xudoyberdiyev 69 kg gacha vazn toifasida o‘z raqiblaridan ustun kelib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi.

Normuhammad Rahmonberdiyev esa o‘z vazn toifasida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Meroj Istamshoyev vaShohjahon Mahamatov «bronza» sohiblariga aylandi.