O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov 28 sentyabr kuni Chexiya Respublikasining yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Yaroslav Sironi qabul qildi. TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, elchi ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Suhbat chog‘ida qayd etilganidek, davlatlararo aloqalarni chuqurlashtirish istiqbollari va xalqaro masalalar bo‘yicha ikki davlatning yaqin va o‘xshash qarashlari va pozitsiyalari mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikning ishonchli asosi hisoblanadi.

Muloqot davomida O‘zbekiston-Chexiya hamkorligi ikki tomon o‘rtasida o‘rnatilgan do‘stlik va konstruktiv munosabatlar an’analariga hamda 30 dan ortiq hujjatlardan tashkil topgan shartnomaviy-huquqiy asosga tayangan holda izchil rivojlanayotganligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda turli darajalardagi aloqalarni faollashtirish masalalari hamda ikki va ko‘p tomonlama, jumladan O‘zbekiston-Yevroittifoq muloqoti shakllardagi munosabatlarni rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.