Xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining yo‘qotilishiga sabab bo‘lishi mumkin. «O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi to‘g‘risida"gi Qonuniga ushbu tartibni ko‘zda tutgan o‘zgartishlar kiritildi. O‘zgartishlar to‘g‘risidagi qonun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 22 avgustda qabul qilinib, 25 avgustda Senat tasdig‘idan o‘tdi va 23 sentyabr kuni Prezident v. b. Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolandi. O‘zgarishlar 24 sentyabrdan kuchga kirdi.

Qonunning 21-moddasiga muvofiq, xorijiy davlat fuqaroligini qabul qilgan shaxs 30 kun ichida mazkur fakt bo‘yicha ichki ishlar organlari yoki O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi konsullik idorasiga xabar berishi shart.

Quyidagi hollarda O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligining yo‘qotilishi saqlanib qolgan:

  • shaxs chet davlatda harbiy xizmatga, xavfsizlik xizmati idoralariga, politsiyaga, adliya idoralariga yoki davlat hokimiyati va boshqaruvining boshqa idoralariga ishga kirganligi natijasida;
  • agar chet elda doimiy yashovchi shaxs besh yil davomida uzrli sabablarsiz konsullik hisobiga turmagan bo‘lsa;
  • agar O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi yolg‘onligi shak-shubhasiz ma’lumotlar yoki soxta hujjatlarni taqdim etish natijasida olingan bo‘lsa;
  • agar shaxs chet davlat foydasini ko‘zlab faoliyat yuritish yoki tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar sodir etish orqali jamiyat va davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan bo‘lsa ham O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo‘qotilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni chiqqan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi yo‘qotiladi.

Boshqa o‘zgartish (26-modda)ga ko‘ra, chet el fuqarosi hisoblangan bola biri O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan er-xotin tomonidan farzandlikka olinayotgan taqdirda, u faqatgina boshqa davlat fuqaroligidan chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga aylanadi.