U-16 O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichida uch uchrashuvda ham g‘alaba qozongan holda Osiyo Chempionatining chorak finaliga yo‘l oldi.

23 sentyabr kuni bosh murabbiy Temur Olimxo‘jayev jamoasi KXDR termasi ustidan 1:3 hisobidagi ishonchli g‘alabaga erishdi. Uchrashuvning 49-daqiqasida O‘zbekiston termasi Jasurbek Umrzoqov o‘z joyida turgan holda raqib darvozasiga gol kiritdi. Darvozabondan so‘ng Rasul Yuldashev va Ibrohim G‘anixonov ham ikki golga muallif qildi. Shimoliy Koreya futbolchilari esa uchrashuv yakunidagina bir gol bilan javob qaytarishga muvaffaq bo‘ldi xolos.

Bunga qadar O‘zbekiston yoshlari Osiyo birinchiligida Tailand (5:3) va Yaman (1:0) ustidan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan edi.

Musobaqa shartiga ko‘ra, O‘zbekiston chorak finalda o‘z guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan Iroq termasi bilan uchrashadi. O‘yinda g‘alaba qozongan tomon jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Uchrashuv 26 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.