O‘zbekiston TIV Qozog‘istonga kirish qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilgani bois mamlakatga bormoqchi bo‘lgan fuqarolardan o‘zlari bilan barcha zarur hujjatlarni olib yurishni so‘radi. Shuningdek, Rossiyaga kirishdagi to‘siqlar Qozog‘istonda ham amal qilishini eslatdi.
Qozog‘istonning sobiq ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev 2022-yil yanvaridagi norozilik namoyishlarida ayblanib hibsga olindi. U hokimiyat va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda.
Qozog‘iston hukumati TikTok platformasini bloklash masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ularning fikricha, ijtimoiy tarmoqlar orasida mamlakatda tarqatish taqiqlangan materiallar soni bo‘yicha aynan TikTok yetakchilik qilmoqda.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqotda Qozog‘istonning qator viloyatlarida sodir bo‘lgan suv toshqinlari munosabati bilan ko‘rsatilayotgan yordam va birodarlik uchun minnatdorlik bildirdi.
Qozog‘iston prezidenti chekilmaydigan tamaki mahsulotlari va elektron sigaretalar, ularning suyuqliklarini olib kirish, ishlab chiqarish va sotishni, shuningdek, reklama qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi.
O‘zbekiston Qozog‘istonning suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan hududlari aholisi uchun 15 ta yuk mashinasida gumanitar yordam jo‘natdi. “Gazeta.uz” manbasining xabar berishicha, 10 mlrd so‘mlik 100 tonna yuk yuborilgan. Foto.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatdagi eng yirik suv toshqinlari fonida hukumatga budjet mablag‘larini tejash maqsadida imidj yaratish va yirik tadbirlarni o‘tkazishdan voz kechishni buyurdi.
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston hukumatlari Norin daryosida Qambarota GES (GES-1) qurilishi bo‘yicha qo‘shma kompaniya tuzadi. Loyiha amalga oshirilgach, stansiyaning aksiyalari va aktivlari Qirg‘iziston mulkiga aylanadi.
Qosim-Jomart Toqayev oiladagi zo‘ravonlikka qarshi kurashga qaratilgan qonunni imzoladi. Qonun bilan ayollar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning har qanday shakli uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi normalar joriy etilmoqda.
Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev mamlakatdagi suv toshqinlari fonida moliyaviy resurslarni tejash zarurati tufayli 13−14-iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan Ostona xalqaro forumini bekor qildi.
Qozog‘istonda oiladagi zo‘ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonun qabul qilindi. Hujjat kaltaklash va qasddan badanga yengil shikast yetkazish uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutadi, badanga o‘rtacha va og‘ir shikast yetkazish uchun javobgarlikni kuchaytiradi. Endi qonunni prezident imzolashi kerak.
Qozog‘istonda 76 mingdan ortiq odam xavfli suv toshqini zonalaridan evakuatsiya qilindi, mamlakatning 10 ta hududida favqulodda holat e’lon qilindi. Prezident Qosim-Jomart Toqayev ushbu toshqinlarni so‘nggi 80 yildagi eng dahshatli ofat deb atadi.
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Xivada Ichan-qal’a majmuasidagi tarixiy obidalar va Nurillaboy saroyini ziyorat qildi. Shu tariqa Qozog‘iston rahbarining tashrifi yakunlandi, uni aeroportda O‘zbekiston prezidenti kuzatib qo‘ydi. Foto va video.
Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston rahbari bilan muzokaralarda “Qozoq-o‘zbek tandemi hayotiy zarurat bo‘lib, faqat uyushibgina mamlakatlarimizning barqaror rivojlanishini ta’minlashimiz mumkin”, — deb ta’kidladi.
Juma tongida Qozog‘istonda, Toshkentdan 20 km shimoli-g‘arbda 3,2 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Uning kuchi Toshkent shahri va viloyati aholisiga 2 balli darajada sezildi.
Markaziy Osiyoning to‘rtta davlati va Ozarbayjon iyul oyida Qozog‘iston hududida keng ko‘lamli qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi.
Qozog‘iston rahbari Qosim-Jomart Toqayev 5-aprel kuni O‘zbekistonga tashrif buyuradi. U Xiva shahrida ikki davlat o‘rtasida o‘tkaziladigan muzokaralarda ishtirok etadi. Asosiy mavzular — o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, transport va energetika loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikni rivojlantirish.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘istondagi YTHda vafot etgan 8 nafar o‘zbekistonlikning jasadi Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali vatanga qaytariladi. Ularni olib kelish va dafn marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzildi.
Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida nosozlik tufayli qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan yuk mashinasi bilan to‘qnashuv oqibatida Toyota mikroavtobusi haydovchisi va uning yetti nafar yo‘lovchisi — O‘zbekiston fuqarolari — halok bo‘ldi.
Qozog‘iston huquq-tartibot idoralari Rossiyadagi “Krokus siti holl”da sodir etilgan teraktdan keyin mamlakatning barcha yirik savdo markazlari, konsert zallari va odamlar gavjum bo‘ladigan boshqa joylarini tekshiradi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting