«to‘qimachilik» tegli maqolalar


“To‘qimachilik sohasida yagona to‘g‘ri yo‘limiz — mavjud xomashyoni to‘liq qayta ishlash” — prezident
17 aprel 2024, 22:47

“To‘qimachilik sohasida yagona to‘g‘ri yo‘limiz — mavjud xomashyoni to‘liq qayta ishlash” — prezident

Mamlakatning xomashyo bazasi kamida 15 mlrd dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish, 500 mingta yangi ish o‘rni yaratish imkonini bermoqda, dedi prezident. Uning so‘zlariga ko‘ra, eksportni an’anaviy arzon bozorlardan (Rossiya, Xitoy, Turkiya) “yangi, qimmatroq"lariga yo‘naltirish zarur.

Paxta sanoatida ishlab chiqarish tannarxini 15 foizga qisqartirish rejalashtirilmoqda
15 fevral 2024, 23:06

Paxta sanoatida ishlab chiqarish tannarxini 15 foizga qisqartirish rejalashtirilmoqda

Prezident Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida Asakadagi to‘qimachilik korxonasida bo‘ldi. U yerda viloyat misolida paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha axborot berildi. Tannarxni 15 foizga qisqartirish, 65 foiz qo‘shilgan qiymat yaratish rejalari ta’kidlandi.

Klasterlarga import qilingan paxta urug‘ini ekishga ruxsat etiladi, to‘qimachilik sanoatiga yangi imtiyozlar beriladi
9 noyabr 2023, 21:49

Klasterlarga import qilingan paxta urug‘ini ekishga ruxsat etiladi, to‘qimachilik sanoatiga yangi imtiyozlar beriladi

Ball boniteti past, suv og‘ir bo‘lgan va hosildorligi 30 sentnerdan oshmaydigan har bir viloyatdagi 1 tadan tumanda 70−80 sentnerdan yuqori hosil beradigan paxta urug‘ini chetdan olib kelishga ruxsat etiladi, dedi prezident. Ayrim to‘qimachilik korxonalariga imtiyozlar beriladi.

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tashkil etiladi
6 oktabr 2022, 10:01

Namangan to‘qimachilik sanoati instituti tashkil etiladi

Prezident qarori bilan keyingi o‘quv yilidan Namangan to‘qimachilik sanoati instituti o‘z faoliyatini boshlaydi. Institutda ta’lim jarayoni kredit-modul tizimi, jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etiladi. Shuningdek, OTM qoshida To‘qimachilik texnoparki ochiladi.

O‘zbekiston paxtani qayta ishlashda yiliga $9 mlrd yo‘qotmoqda — prezident
28 iyun 2022, 19:11

O‘zbekiston paxtani qayta ishlashda yiliga $9 mlrd yo‘qotmoqda — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston ip-kalavani tayyor mahsulotgacha qayta ishlash darajasi pastligi oqibatida yiliga 9 mlrd dollar yo‘qotayotganini ma’lum qildi. Shuning uchun prezident mahsulot ishlab chiqarish rejasini har bir viloyat, tuman va shahar, qolaversa, klaster kesimida belgilashni joriy etdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting