5 oktabr kuni prezident [PQ-386-son]"to‘qimachilik sanoatidagi malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida»gi qarorni imzoladi. Unga ko‘ra, Namangan to‘qimachilik sanoati instituti keyingi o‘quv yilidan o‘z faoliyatini boshlaydi.

Institutda ta’lim jarayonini to‘qimachilik sanoati rivojlangan davlatlarning universitetlari bilan birgalikda kredit-modul tizimi asosida, jumladan, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tashkil etish rejalashtirilgan.

2024/2025 o‘quv yiliga qadar institutda To‘qimachilik texnoparki faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. U texnologik mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va uni tijoratlashtirish huquqiga ega bo‘lgan MCHJ shaklida tashkil etiladi.

Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan institut tuzilmasida Ilg‘or to‘qimachilik injiniringi maktabi, Dizayn studiyasi va Innovatsiyalar va texnologiyalar transferi markazi ham ochiladi.

Namangan muhandislik-texnologiya institutida to‘qimachilik sanoati yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar yangi institutga ko‘chiriladi.