Senat qo‘mitasida jinoiy va ma’muriy kodekslarga davlatning dunyoviy maqomini mustahkamlovchi qo‘shimchalar kiritish masalasi muhokama qilindi. Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda diniy blogerlarning faqat diniy qarashlarini aks ettiruvchi va adovatni qo‘zg‘atishga qaratilgan chiqishlari ko‘paygan.
“O‘zbekiston — dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuvda. Davlat rahbari mamlakatda har qanday radikallashuvga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga hech qachon yo‘l qo‘yilmasligini aytdi.
Adliya vazirligining ma’lum qilishicha, diniy mavzuda chiqishlar qiladigan ayrim shaxslar tomonidan ayollarning huquqlarini cheklash, hech qaysi dinga e’tiqod qilmaydiganlarga nisbatan nafrat uyg‘otish, dunyoviylik prinsipidagi qonunlarni shubha ostiga olish holatlari aniqlangan. «Insonlar xulq-atvoriga alohida shaxslarning axloqiy-diniy qarashlari bilan emas, balki amaldagi qonunchilik nuqtai nazaridan baho berilishi lozim», — deya ta’kidladi vazirlik.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting