2022-yil uchun davlat budjeti loyihasiga ko‘ra, O‘zbekistonda YAIM 2022-yilda 6 foizga o‘sishi va qariyb 840 trln so‘mni (MBning 16-noyabrdagi kursi bo‘yicha 78,2 mlrd dollar), 2023-yilda 972 trln so‘mdan ortiq ($90,5 mlrd) bo‘lishi va 2024-yilda esa 1 trilliard so‘mdan (qariyb $105 mlrd) oshishi mo‘ljal qilinmoqda.
2022 yil uchun davlat budjeti loyihasiga ko‘ra, ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 11,7 trln so‘m yo‘naltiriladi.
2022 yilgi konsolidatsiyalashgan budjet xarajatlari 277,2 trln so‘m yoki YAIMga nisbatan 33% miqdorida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. Hisob palatasi kelgusi yilda aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturlarini moliyalashtirish uchun 2,1 trln so‘m subsidiyalar ajratishni tavsiya qildi. 2022 yil uchun 1 AQSh dollarining yillik o‘rtacha almashuv kursi 11 321 so‘mga prognoz qilindi.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting