Toshkent eski shahar qal’asining 12 darvozasi va O‘rda bugungi kunda qayerda joylashgan bo‘lar edi? Bu haqda Toshkent shahar hokimligining Raqamli rivojlanish departamenti direktori o‘rinbosari Kamoliddin Fayzullayev batafsil so‘zlab beradi. Poytaxtning qadimiy xaritalari va yuqorida sanab o‘tilgan obyektlarning bugungi kundagi joy holatiga nisbatan joylashishi bilan Toshkent hokimligi tomonidan ishga tushirilgan interaktiv platformada tanishish mumkin.
Toshkentning turistik salohiyatini oshirish maqsadida poytaxt hokimligi shaharning qadimiy 12 ta darvozasi va qal’a devori o‘rnini aniqlamoqda. Toshkent hokimligi Raqamli rivojlanish departamenti direktorining o‘rinbosari Kamoliddin Fayzullayev eski xaritalarni izlash va shaharning bir yarim asr davomida qanday o‘zgargani haqida gapirib beradi. Xaritalarning qismi birinchi marotaba e’lon qilinmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting