Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti hamda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi mozaikali turar joy binolarini reklama bannerlaridan tozalash ishlari yakunlanganini ma’lum qildi. Xususan, Mirobod va Olmazor tumanlarida eng so‘nggi reklamalar olib tashlandi.

Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.

Ish bilan to‘rtta tashkilot — Raqamli rivojlanish departamenti, Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Madaniy meros agentligi va Antimonopoliya qo‘mitasi mutaxassislari shug‘ullandi.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, boshqarma 2021-yildan buyon mozaikalarni asrab-avaylash muammosi bilan shug‘ullanib keladi. Kampaniya boshlanishida mutaxassislar hujjatlarni to‘plashgan, mozaikalarni o‘rganishgan, ilmiy ekspert maslahatlarini o‘tkazishgan va pannolarni Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritishgan.

Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.

Mart oyining oxirida Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Toshkent shahri va respublika viloyatlaridagi 157 ga yaqin mozaik panno monumental san’at yodgorliklari sifatida Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritildi. Ulardan 117 tasi poytaxtda. Mozaikalarning aksariyati, ro‘yxatga ko‘ra, Olmazor va Shayxontohur tumanlarida joylashgan.

Hukumat qaroridan so‘ng, apreldan iyungacha Toshkentda 40 dan ortiq pannolar reklamadan ozod qilindi.

“[Hujjat e’lon qilinishidan oldin] mozaikalardan reklama bannerlarini olib tashlash nafaqat biz, Madaniy meros agentligi va hokimlik tomonidan, balki xususiy tashkilotlar tomonidan ham targ‘ibot kampaniyalari doirasida amalga oshirildi”, — deya ta’kidladi jamg‘arma.

madaniy meros, маdanият va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, mozaika

Shunday qilib, dasturning butun davrida Toshkent shahridagi turar joy binolari fasadida joylashgan 70 ta mozaika va pannodan reklamalar olib tashlandi. Turar-joy bo‘lmagan binolarda joylashgan va reklamadan tozalangan mozaikalar soniga hozircha aniqlik kiritilmadi.

Tashqi reklama loyiha ofisi rahbari o‘rinbosari Lazizbek Toshqulovning aytishicha, ayrim reklama agentliklari mozaikalardagi bannerlarni demontaj qilgandan so‘ng, uy-joy mulkdorlari shirkati yoki boshqaruv kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida ularni yana joyiga qaytargan. Xususan, Olmazor tumanida bir necha shunday holatlar qayd etilgan. Ular Reklama loyiha ofisining xodimlari tomonidan yana qayta demontaj qilingan.

Lazizbek Toshqulov, shuningdek, ko‘p qavatli turar-joy binolarining yuqorisida joylashgan ko‘plab pannolar restavratsiyani talab qilishini ta’kidladi. Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ularni saqlash dasturi ishlab chiqilganmi yoki yo‘qligiga hozircha javob bermadi.

Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.Foto: Yevgeniy Sorochin / “Gazeta.uz”.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida Raqamli rivojlanish departamenti “Toshkent mozaikalari” loyihasini ishga tushirgandi. Unda poytaxtdagi 390 ta, jumladan, 15 ta yo‘qolgan mozaika haqidagi fotosuratlar va ma’lumotlar mavjud.

Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi, Raqamli rivojlanish departamenti va Madaniy meros agentligi jamoatchilikka mozaikani asrab-avaylash dasturidagi ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi. Tashkilotlarning eslatishicha, mozaikalar haqidagi ma’lumotlarni hali ham mosaic@acdf.uz elektron pochta manziliga yoki “Toshkent mozaikalari” veb-saytidagi Qayta aloqa bo‘limi orqali yuborish mumkin.