29-may kuni Toshkent shahri Sergeli tumanida avtobus va teplovoz to‘qnashib ketdi, deb xabar bermoqda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi.

Soat 15:59 larda Qamariq ko‘chasida 1994-yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi King Long avtobusi tartibga solinmagan temiryo‘l kesishmasidan harakatlanib kelayotgan “O‘zbekiston temir yo‘llari”ga qarashli TM-3 teplovozi (haydovchi 1979-yilda tug‘ilgan) bilan yo‘l transport hodasasi sodir etgan.

YTH oqibatida hech kim jarohatlanmagan.

YHXB holat yuz bergan joy va uning kelib chiqish sabablarini o‘rgandi. Kelgusida bu kabi vaziyatlar bo‘lmasligi uchun tegishli ko‘rsatmalar berildi, deyiladi xabarda.

“Toshshahartransxizmat”ning qo‘shimcha qilishicha, avtobus haydovchisi boshqaruv paytida temiryo‘l kesishmasidan harakatlanib o‘tayotgan vaqtida teplovoz avtobusning orqa o‘ng tomon kuzov qismiga kelib urilgan.

Shuningdek, teplovoz o‘tishidan avval yo‘nalish bo‘ylab transport vositalarini to‘xtatib turuvchi temiryo‘l nazoratchi xodimi voqea joyida bo‘lmagani sababli transport vositalarini to‘xtatish choralari ko‘rilmagan.

Video