26−27-may kunlarida Toshkent shahriga transport vositalarining kirishi taqiqlanishi va tungi vaqtda Qamchiq dovonida harakat cheklanishi haqidagi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar asossiz. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 26−27-may kunlarida Toshkentda xalqaro darajadagi tadbirlar bo‘lib o‘tishi va ayrim yo‘llarda ta’mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli ba’zi ko‘chalarda transport vositalarining harakati qisman cheklanishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, Toshkent shahriga transport vositalarining harakatlanib kirishiga hech qanday cheklovlar yo‘q.

Avvalroq, YHXX zarurat bo‘lmaganda haydovchilarga Toshkent shahriga qarab harakatlanmaslikni tavsiya qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 26−27-may kunlari Rossiya prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi bo‘lib o‘tadi. Putin Shavkat Mirziyoyev bilan birgalikda O‘zbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yig‘ilishida ham ishtirok etadi.