Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida 9-sinf o‘quvchisi traktorni boshqarish paytida halokatga uchradi. Bu haqda Markaziy studiya dasturi syujetida ma’lum qilindi.

Unda aytilishicha, o‘quvchi yigit traktor boshqarish jarayonida poyezd yo‘liga chiqib ketgan. Oqibatda traktor va poyezd vagonlari to‘qnashib, haydovchi halok bo‘lgan.

Maktabda holat yuzasidan o‘tkazilgan muhokamada majlisida YPX xodimi bu kabi holatlarda poyezd mashinisti aybdor bo‘lmasligini, chunki transport vositasini bir zumda to‘xtatishning iloji yo‘qligini ta’kidladi.

Video