Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan sobiq MXX binosi yaqinidagi 26 tup daraxt kesilgani haqida video tarqalgandi. Ekologiya boshqarmasi ushbu daraxtlar kesilmayotganini, qurilish ishlari sabab boshqa hududga ko‘chirilayotganini ma’lum qildi.

“Ayni damda 14 ta eman daraxti ko‘chirib o‘tqazildi. Qolgan 12 ta daraxtni ham ko‘chirish jarayoni ketmoqda, — dedi jarayonga mas’ul Muna Mag korxonasi rahbari Farrux Hakimov. — Bunda barcha agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda, daraxtlar yashab ketishi uchun zarur o‘g‘itlar, ozuqa moddalari bilan ta’minlanmoqda”.

Uning ta’kidlashicha, boshqa hududga ko‘chirilgan daraxtlar to‘liq yashab ketadi, buning uchun barcha zarur chora-tadbirlar olib boriladi.

Hamma daraxtlar soppa-sog‘, olib ketgandan keyin uch yil parvarish qilib beramiz, dedi u.

Bu vaqt davomida doimiy sug‘orish, o‘g‘itlash, ildiz tizimini oziqlantirish, hasharotlar va zararkunandalarga qarshi kurash kabi zaruriy ishlar amalga oshiriladi. Ko‘chirilayotgan daraxtlar Toshkent viloyatidagi bog‘ uchun mo‘ljallangan hududga o‘tqaziladi.

Video