Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanets 2026-yilgi Jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichining uchinchi o‘yinida o‘z futbolchilarining Gonkong ustidan qozongan g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

“Avvalo jamoamga bugungi o‘yin uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman. Birinchi bo‘limda ko‘plab vaziyatlar yuzaga keltirgan bo‘lsak ham, ikkita gol kirita olmadik. Biroq 2-bo‘limga kelib, raqib jarima maydonchasi yaqinida agressivroq o‘ynadik. Xavfli vaziyatlarni ko‘paytirib, 2 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Darvozabonimiz ham juda yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, bir qancha xavfli zarbalarni qaytarib qoldi. Bugungi natijadan qoniqish hosil qildim, yaxshi o‘yin ko‘rsatdik”, dedi murabbiy.

Shuningdek, jamoa favoriti Eldor Shomurodov o‘yinda futbolchilar to‘liq nazoratni o‘z qo‘liga olganini aytdi.

“Ikki bo‘limda ham biz o‘yinni nazorat qildik. O‘ylashimcha, faqat gol urishga ozroq qiynaldik. Lekin, hammada ishonch bor edi. Xohlagan natijaga erishdik”, — dedi jamoa sardori.

Katanets Gonkong terma jamoasiga qarshi kechgan o‘yin haqida gapirdi: Jamoaning boshqa jamoalarga qarshi odatda o‘yinlari qanday bo‘lganini kuzatmadim. Biroq, bugun biz yaxshiroq o‘ynaganimiz aniq… O‘ylashimcha bugun futbolchilarim imkoniyatidan ham yuqori o‘yin ko‘rsatdi deb o‘ylayman. Gongong terma jamoasi ham juda qattiq qarshilik ko‘rsatddi va bir qancha vaziyatlarda yaxshi o‘ynashdi. Biroq, ular Osiyo kubogida Eronga qarshi o‘yinda zo‘r imkoniyatlar yaratib, gol kirita olmagandi. Bugun bizga qarshi o‘yinda deyarli xavfli hjujumlar uyushtira olishmadi va bu eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri bo‘lganidan dalolat. Keyingi uchrashuvlarda ham xuddi shunday o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz. Jahon chempionatida saralash uchrashuvlaridagi har bir o‘yin, ochko biz uchun muhim, dedi u.

Bundan tashqari, Eldor Shomurodov o‘yin maydonining sifati past ekanini ta’kidladi.

“Maydon haqida aytib o‘tmoqchi edim. O‘ylashimcha, birinchi o‘yinimiz Turkmanistonga qarshi o‘yinda ham mehmonda juda bir sifati yomon maydonda bo‘lib o‘tdi. Bilishimcha, ular ko‘p o‘yinlarni tabiiy maydonda qabul qilgan. Bizga qarshi esa o‘sha maydonni tanladi. Gonkongni boshqa o‘yinlarini ham ko‘rdik: nisbatan yaxshiroq maydonda hamma o‘yinlari bo‘lib o‘tgan. Bizga qarshi sifati ancha yomon maydonni tanlagan. O‘ylashimcha, bu haqida OFK qandaydir qaror qilishi kerak. Chunki, bunday maydonlarda futbolchilar jarohat olishi judayam oson. [Stadion] shundan himoya qilishlari kerak deb o‘ylayman”, deya so‘zladi futbolchi.

Uning o‘ylashicha, JCHning saralash o‘yinlari uchun bu maydonlar talabga javob bermaydi. Futbolchining fikrini murabbiy ham inkor etmadi.

Biz o‘ynagan maydon o‘lchami biroz kichikroq ekan. Biroq, futbolchilar maydon haqida gapirmasligi kerak. Qoidalar hamma uchun bir xil bo‘lishi kerak. Nima uchun Eron Gonkongga qarshi normal maydonda o‘ynaydi, biz esa yo‘q? Bu haqda jiddiy o‘ylab ko‘rish kerak. Bu futbolchilarga muammo tug‘diradi. Siz yon chiziqdan to‘pni o‘yinga kiritasiz, biroq, o‘lchami kichik maydonda siz o‘ylagan reja amalga oshmasligi mumkin. Shunga qaramasdan biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, deydi Katanets.