Musulmon madaniyati islom dinini qabul qilgan turli xalqlarning ta’siri ostida shakllangan: kishini hayratga soluvchi xilma-xillik ham ana shundan kelib chiqqan. Uni Dubayda yaqqol kuzatish mumkin. Muqaddas Ramazon oyi esa islom an’analari bilan tanishish uchun ayni muddaodir. Visit Dubai, bu paytda shaharda nimalar bilan shug‘ullanish, qayerga borish va nimalarni tatib ko‘rish mumkinligi haqida o‘rtoqlashdi.

Ramazon oyi an’analari

Ramazon oy taqvimiga bog‘langan, shu bois u boshlanadigan sana har yili o‘zgaradi. Bu yil muqaddas oy 11-martda boshlandi va u 9-aprelgacha davom etadi. An’anaga ko‘ra Ramazon oyi davomida kunning yorug‘ paytida musulmonlar o‘zlarini taom va ichimlikdan tiyishadi. Quyosh chiqishidan oldin tongda saharlik qilishadi. Quyosh botganidan keyin esa ro‘za yana ovqat bilan ochiladi, ya’ni iftorlik qilinadi. Ikkala holatda ham yeguliklarni oila a’zolari va yaqin kishilar bilan bahamlashish kerak, shu bois har bir iftorlik quvonch va muloqotga boy bo‘ladi.

visit dubai, реклама

Sayyohlar uchun Ramazon — Dubayga safar qilish uchun qulay vaqt, chunki u mahalliy madaniyat bilan yaxshiroq tanishish imkoniyatini beradi. Bu katta dasturxon atrofida birgalashib do‘stona suhbatlar qurish payti. Bunda boshqa din vakillari ro‘za tutishi shart emas: Ramazon oyida restoranlarning aksariyati odatiy jadval bo‘yicha ishlaydi. Shu bilan birga, muqaddas oyda kishi o‘zini sipo tutgani ma’qul: masalan, agar ro‘za tutayotganlar orasida bo‘lsangiz, ovqatdan tiyilish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, yelkalar va tizzalarni yopib turadigan kamtarona kiyimlarni kiyish tavsiya etiladi.

Mahalliy aholi va mehmonlar orasida iftorlik uchun ommabop joylar bir talay — bu Jumeirah Emirates Towers majmuasidagi Ninive restorani, Atlantis majmuasidagi Asateer chodiri, The Palm, Business Bay majmuasidagi SLS Dubai binosining 75-qavatida joylashgan arab uslubidagi chodir va Expo City Dubai majmuasidagi Oasis Food Hall restorani. Saharlikni esa, masalan, Palazzo Versace mehmonxonasi qoshidagi manzarali Hikayat Ramadan Garden`da yoki Jumeirah Emirates Towers majmuasidagi Ninive restoranida qilish mumkin.

visit dubai, реклама

Shuningdek, butun shahar bo‘ylab ochiq bayram bozorlari ishlaydi, ularda qo‘lda tayyorlangan buyumlarni, turli-tuman esdalik sovg‘alarini va mahalliy mahsulotlarni xarid qilish mumkin. Oilangiz bilan Expo City Dubai majmuasiga borsangiz ham adashmaysiz, unda Ramazonga bag‘ishlangan qator tadbirlar o‘tkaziladi, jumladan jonli chiqishlar, pazandalik bo‘yicha mahorat darslari va ko‘rgazmalar. Global Village yarmarkasi ham tadbirlardan chetda qolmaydi: bu yerda konsertlar va pazandalik dasturini o‘z ichiga olgan “Ramazon festivali” o‘tkaziladi.

Gastronomiya

Taomlarni tatib ko‘rish — mamlakat bilan tanishishning yaxshi usullaridan biri bo‘lsa, ajabmas, yana ular mazali ham. Dubay restoranlarida turli mamlakatlar taomlarni tatib ko‘rish mumkin, biroq shunday an’anaviy taomlar borki, ularni tatib ko‘rmasangiz, ko‘p narsani yo‘qotasiz. Masalan, mashhur arab gazagi — fattush: livan noni bilan tortiladigan sabzavotli salat. Nonushtaga, shu jumladan saharlikka, ko‘p hollarda dasturxonga balalit tortishadi. Bu vermishel, gulob, dolchin va za’farondan tayyorlangan g‘aroyib taom, uni dasturxonga tuxumli omlet bilan birga tortishadi. Shirinliklardan, an’anaviy xurmo va pahlavadan tashqari, mahalliy lukaymatni buyurtma qiling. Aytganday, bu taom Razamon paytida katta talabga ega.

visit dubai, реклама

Islom me’morchiligi va boy madaniyati

O‘rta asrlarda qad ko‘targan musulmon masjidlari, karvon-saroylar, yopiq bozorlar, hammomlar, saroylar va qo‘rg‘onlar hozirga qadar o‘zining oddiyligi, o‘ylangan muhandislik yechimlari va boy jihozlari bilan kishini hayratga solib keladi. Dubaylik ustalar ularda yog‘och o‘ymakorligi, sayqal berish, naqsh solish, mozayka, marmar, shisha va qimmatbaho toshlarni mahorat bilan uyg‘unlashtira olgan. Ular geometrik muvofiqlik va simmetriya tamoyillariga asoslangan holda, oddiy elementlarni ko‘rkam kompozitsiyalarga aylantirgan.

Ramazon oyi Dubayning an’anaviy me’morchiligi bilan tanishish uchun yaxshi paytdir. Dubay kanali bo‘yida joylashgan Al-Farhodiy tarixiy mavzesi bo‘ylab sayr qilgan ma’qul. Uning ilon izi ko‘chalarida Barajil deb nomlanuvchi shamol minoralarini hamda hozirda badiiy galereyalar va an’anaviy muzeylar joylashgan 50 dan ortiq sobiq uylarni ko‘rasiz. Shuningdek, musulmon olami madaniyatiga xos bo‘lgan naqshlarga baho berish uchun Jumayra masjidini borib ko‘rish mumkin. Qur’oni Karim — har bir musulmon uchun muqaddas bo‘lgan kitob haqida ko‘proq bilishni xohlaydiganlar esa Qur’on bog‘iga tashrif buyurishlari mumkin. Bu yerda tinchlik, mehr-muhabbat va sabr-toqat kabi haqiqiy islomiy qadriyatlar bilan tanishish mumkin. 64 ga maydonni egallagan bog‘ to‘rtta asosiy qismdan iborat — “Mo‘’jizalar g‘ori”, oranjereya, ko‘llar va mevali bog‘lar, unda muqaddas Qur’onda tilga olingan 50 dan ortiq o‘simlik turlari o‘sadi.

visit dubai, реклама

Islom madaniyati qiziqarli an’analari bilan boy. Shu bilan birga, musulmonlar barcha yangi narsalar uchun ham ochiq: ular muntazam ravishda bilim olishga va uni takomillashtirishga intiladi. Dubay bo‘ylab sayohat qilar ekansiz, musulmonlarning qadim zamonlardan tortib, to hozirgi kundagi turmushi va madaniyati haqida tasavvurga ega bo‘lasiz.

Sayt: visitdubai.com

Reklama huquqlari asosida.