O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida vizasiz sayohat qilishning yangi qoidalari kuchga kirdi. Endi ikki mamlakat fuqarolari 15 kungacha o‘zlari bo‘lib turgan davlatda ro‘yxatdan o‘tishga majbur emas.

Ichki ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, tegishli hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida bayonnoma tuzildi va undagi o‘zgarishlar 15-yanvardan kuchga kirdi.

Endi O‘zbekiston va Ozarbayjon fuqarolari ikki mamlakat hududiga kirish/chiqish, tranzit o‘tish va 15 kun muddatga o‘zlari bo‘lib turgan davlatning vakolatli organlarida ro‘yxatdan o‘tish majburiyatidan ozod etildi.

Avval, bu muddat O‘zbekistonda 5 kun va Ozarbayjonda 10 kundan oshmas edi.