«yog‘ingarchilik» tegli maqolalar


Hafta davomida vaqti-vaqti bilan qor va yomg‘ir yog‘adi
26 fevral 2024, 11:30

Hafta davomida vaqti-vaqti bilan qor va yomg‘ir yog‘adi

Qishning so‘nggi kunlari va bahorning birinchi kuni O‘zbekistonda ob-havoning beqaror sharoiti saqlanib turadi. Hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi. Harorat kechalari 0…-5, kunduzi +2…+7 daraja bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Poytaxtda esa 28-fevral va 1-martda yog‘ingarchilik kuzatiladi.

O‘tgan oy O‘zbekiston tarixidagi eng iliq yanvarlardan biri bo‘ldi
2 fevral 2024, 20:09

O‘tgan oy O‘zbekiston tarixidagi eng iliq yanvarlardan biri bo‘ldi

2024-yilning yanvar oyida harorat juda iliq bo‘ldi. Iqlim me’yoridan yuqori bo‘lgan harorat deyarli oy davomida saqlanib turdi. O‘zgidrometning ma’lumot berishicha, o‘tgan oy meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq yanvar oylari uchligiga kirdi.

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi
2 fevral 2024, 10:52

Dam olish kunlari ba’zi hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

Shanba kuni O‘zbekistonga nam havoning yangi qismi kirib kela boshlaydi. Joylarda asosan yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbada ba’zi hududlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +3…+8 daraja iliq, kechasi 0…-5 daraja sovuq bo‘ladi.

O‘zbekistonda oxirgi 10 yilda eng ko‘p sel toshqini 2022-yilda kuzatildi
5 oktabr 2023, 16:00

O‘zbekistonda oxirgi 10 yilda eng ko‘p sel toshqini 2022-yilda kuzatildi

O‘zbekistonda oxirgi 10 yilda eng ko‘p sel-suv toshqin hodisalari 2022-yilda (171 ta) kuzatildi. “Eng achinarli holat — bundan insonlarning halok bo‘lishi qayd etilmoqda”, — dedi O‘zgidromet agentligi boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Zahidov.

Gonkongda so‘nggi 140 yildagi eng kuchli yog‘ingarchilik ro‘y berdi, 130 dan ortiq kishi jabrlandi
8 sentabr 2023, 23:41

Gonkongda so‘nggi 140 yildagi eng kuchli yog‘ingarchilik ro‘y berdi, 130 dan ortiq kishi jabrlandi

Gonkongda so‘nggi 140 yil ichidagi eng kuchli yog‘ingarchilik kuzatildi. Shahar ko‘chalari, vokzal va savdo markazlari suv ostida qoldi. Suv toshqinlari oqibatida 130 dan ortiq kishi jarohatlandi, kamida ikki kishi halok bo‘lgan.

Tojikistonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi
28 avgust 2023, 10:42

Tojikistonda kuchli yog‘ingarchilik oqibatida 13 kishi halok bo‘ldi

Tojikistonda yakshanba kuni yog‘ib o‘tgan kuchli yomg‘irlar sababli Vahdat va Rudakiy hududlarida 13 kishi halok bo‘ldi. Mamlakat prezidenti halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, ularga yordam ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Uchta viloyatda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi
31 yanvar 2023, 09:44

Uchta viloyatda kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi

1−2 fevral kunlari Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida kuchli yog‘ingarchilik kuzatiladi. 9 ta viloyatda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim viloyatlarda kuchli shamollar bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Toshkentda iyun oyida o‘rtacha oylik yog‘ingarchilikning 130 foizi kuzatildi — O‘zgidromet
21 iyun 2022, 20:23

Toshkentda iyun oyida o‘rtacha oylik yog‘ingarchilikning 130 foizi kuzatildi — O‘zgidromet

Toshkentda o‘rtacha oylik miqdor 17 mm ni tashkil etgan bir vaqtda, oy boshidan buyon 22 mm yoki me’yordagidan 130 foiz ko‘proq yog‘ingarchilik yog‘di. 20 iyun kuni poytaxt markazida 15 mm, xalqaro aeroport hududida 21 mm yomg‘ir yog‘di.

Jizzaxda kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida yuzaga kelgan sel va suv toshqinlarida binolar zarar ko‘rdi, 4 kishi halok bo‘ldi
20 aprel 2022, 18:17

Jizzaxda kuchli yog‘ingarchiliklar oqibatida yuzaga kelgan sel va suv toshqinlarida binolar zarar ko‘rdi, 4 kishi halok bo‘ldi

Jizzaxning Baxmal, G‘allaorol, Forish tumanlarida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida sel kelishi va toshqinlar kuzatildi. Maktab va bog‘cha zarar ko‘rdi. Hodisa tufayli 4 kishi halok bo‘ldi. O‘zgidromet yetakchi mutaxassisi Erkin Abdulaxatovning aytishicha, ikki soat ichida G‘allaorol meteorologiya stansiyasi yillik yog‘ingarchilikning deyarli 10 foizini qayd etgan.

14 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
14 mart 2022, 22:00

14 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Vaqtincha Lvov shahriga ko‘chirilgan O‘zbekistonning Ukrainadagi elchixonasi, 8 kun dam oladigan maktab o‘quvchilari, Qozog‘istondagi yanvar voqealarida qatnashganlikda gumonlanayotgan 11 nafar o‘zbekistonlik, respublikada joriy etilayotgan 3 yillik IT-Visa, mast holda mashina boshqarganlarni 5 yilga haydovchilik huquqidan mahrum qilish taklifi va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 14 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Muttasil yog‘ingarchiliklar qishloq xo‘jaligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
14 mart 2022, 17:34

Muttasil yog‘ingarchiliklar qishloq xo‘jaligiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekistonda kuzatilayotgan muttasil yog‘ingarchiliklarning boshoqli don, chigit yetishtirishga, bog‘ va tokzorlarga ta’siri qanday bo‘lishi va ko‘riladigan choralar haqida ma’lumot berdi.

Bayram kunlari havo iliq bo‘ladi — O‘zgidromet
30 dekabr 2021, 14:38

Bayram kunlari havo iliq bo‘ladi — O‘zgidromet

O‘zbekistonliklar yangi yilni yog‘ingarchiliksiz, iliq ob-havoda kutib oladi. Faqat 4 yanvar kuni yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, shu kuni qor faqat tog‘li hududlarda yog‘adi. Umuman olganda, O‘zgidromet xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda Yangi yilda qor yog‘ishi kam uchraydigan holat. 31 dekabrda yog‘ingarchilik o‘rtacha 4−5 yilda bir marta, 1 yanvarda esa 2−3 yilda bir marta kuzatiladi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting