Prezident 9-yanvar kuni тадbirкорлик subyektlari tomonidan davlat organlariga hisobot va statistik ma’lumotlarni taqdim etish jarayonlarini soddalashtirishga doir qarorni imzoladi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Qarorga ko‘ra, 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo‘lgan sakkiz turdagi hisobot va statistik ma’lumotlar bekor qilinadi.

Shuningdek, qaror bilan tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma’lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi.

Hujjatga ko‘ra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

2026-yil 1-yanvargacha “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi Yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.

Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

  • ️2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun — ixtiyoriy;
  • ️2027-yil 1-yanvardan kichik va o‘rta biznes uchun — majburiy;
  • 2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun — majburiy.

Bundan tashqari, avval xabar berganimizdek, prezident qarori bilan 2024-yil 1-martdan boshlab 22 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi. 7 ta turdagi ruxsatnomalar to‘liq bekor qilinadi, yana 12 tasi birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadi, 3 tasi esa xabar berish tartibi bilan almashtiriladi.