Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) “O‘zbekiston shampani” aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ulushini sotish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.

Shampan, ko‘piklanadigan va gazli vinolar ishlab chiqaruvchi zavodning 51,48 foizlik davlat ulushi 2021-yil iyul oyida, keyin esa 2022-yil avgustida sotuvga qo‘yilgan.

Beshta kompaniya mazkur aktivga qiziqish bildirgan va ulardan to‘rttasi keyingi bosqichga o‘tgan. DABA ma’lumotlariga ko‘ra, Euro Pack MCHJ da’vogarlar orasida eng yuqori narx — 72 milliard so‘mni taklif qilgan va auksionda g‘olib chiqqan.

Xaridor, shuningdek, sotib olish to‘loviga qo‘shimcha ravishda 2024−2025-yillarda korxonani rivojlantirish uchun 18,5 million dollar miqdorida investitsiya kiritish, ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, konyak spirtini ishlab chiqarish uskunasini va saqlash uchun dub bochkalarini o‘rnatish majburiyatini oladi. Shu bilan birga, gastronomik turizmni rivojlantirish, korxona hududida restoran va degustatsiya zali, Parkent tumanida uzumchilik plantatsiyasini tashkil etish hamda vinoturizm maskanini barpo etish kabi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi.

“O‘zbekiston shampani” kompaniyasi haqida

Kompaniya (1942-yilda tashkil etilgan) o‘zini shampan, ko‘piklanadigan va gazli ishlab chiqarish bo‘yicha yagona ixtisoslashgan zavod sifatida ko‘rsatadi.

2020-yilda ishlab chiqarish quvvati yiliga 788 ming dekalitr alkogolli mahsulotlarni, quvvatdan foydalanish esa 62 foizni tashkil etgan. Mahsulotning asosiy hajmi ichki bozorda sotiladi, bir qismi Hindiston, Koreya va Mo‘g‘ulistonga ham eksport qilinadi.

Zavod o‘zining xomashyo bazasiga ega va Portugaliya, Rossiya va Fransiyadan import qilingan xomashyodan ham foydalanadi. Xodimlarning umumiy soni 200 dan ortiq kishini tashkil etadi.

2020-yilda uning daromadlar 65,6 mlrd so‘m, 2021-yilda 58,8 mlrd so‘mni tashkil etgan. Sof foyda 2020-yildagi 2 mlrd so‘mdan 2022-yilda 5,87 mld so‘mga oshgan.

Xaridor haqida

даба, davlat активи, o‘zбекистон shampani, хусусийлаштириш

Euro Pack 2012-yilda tashkil etilgan, 2014-yil may oyida Toshkentda ro‘yxatga olingan. U alkogol mahsulotlar uchun kerakli bo‘lgan shisha va plastik idishlarni ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Shuningdek, mahsulotlarni dekorativ pardozlash (bo‘yash va vakuumli metallizatsiya) yo‘nalishida ham faoliyat yuritadi.

Kompaniya muassislari sifatida Ilhom Erkinovich Abbosov va Dmitriy Anatolevich Vasilev (har biri 50 foizdan) ko‘rsatilgan.