27-dekabr kuni Samarqand shahrida shaxmatning rapid turi bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni bo‘lib o‘tdi. 9 tur yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston shaxmatchilari o‘z pozitsiyalarini yaxshilagan bo‘lsa-da, turnir peshqadamlaridan ortda qolmoqda, deb xabar bermoqda “Gazeta.uz” muxbiri.

Vidit Gujrati i Magnus Karlsen. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.Vidit Gujrati i Magnus Karlsen. Foto: Husniddin Ato / PressPhotoUz.

Ikki kun yakunlariga ko‘ra, erkaklar o‘rtasida peshqadamlikni rapid va blits bo‘yicha amaldagi jahon chempioni Magnus Karlsen, 2023-yildan buyon Sloveniya sharafini himoya qilayotgan rossiyalik Vladimir Fedoseyev va xitoylik grossmeyster Yuy Yan’i bo‘lishib turibdi. Ularning har birida 7 tadan ochko bor.

Kunni hindistonlik Vidit Santosh Gujrati ustidan g‘alaba bilan boshlagan Karlsen qolgan uchta o‘yinda durang bilan kifoyalandi.

Yana 13 nafar shaxmatchi 6,5 ochko bilan peshqadamlarni ta’qib qilmoqda. Ular orasida musobaqa oldidan tayyorlagan sharhimizda tilga olingan hindistonlik Arjun Eriygasi va rossiyalik Daniil Dubov ham bor.

Boshqa shaxmatchilar orasida rossiyalik Yan Nepomnyashiy, AQShlik Fabiano Karuana va Levon Aronyan 6 ochkodan jamg‘argan. Birinchi kunni yaxshi boshlagan ruminiyalik grossmeyster Rixard Rapport ikkinchi kunni 2/4 hisobi bilan yakunladi va umumiy 5,5 ochko to‘pladi.

Nodirbek Abdusattorov.Nodirbek Abdusattorov.

Oltinchi va yettinchi turlarda durang natija qayd etgan Nodirbek Abdusattorov keyingi ikkita o‘yinda g‘alaba qozondi, hozir u 6 ochko bilan 29-o‘rinda bormoqda. Jahongir Vohidovda ham xuddi shunday natija — u turnirning ikkinchi kunida top grossmeysterlar Anish Giri va Dommaraju Gukesh ustidan g‘alaba qozonib, 27-o‘ringa ko‘tarildi.

афрuза hamdaмоva, jahonгiр воҳiдов, магнuс карлсен, нодiрбек абдuсатторов, rapid va blits bo‘yicha jahon чемпiонатi, шахмат

Muhiddin Madaminov.

O‘zbekistonlik xalqaro master Muhiddin Madaminov ham ajoyib natija ko‘rsatib, ketma-ket uchta grossmeysterni mag‘lub etdi va 5,5 ochko jamg‘arib, 57-o‘ringa ko‘tarildi. Uning hindistonlik grossmeyster Surya Ganguli bilan o‘yini qiziq bo‘ldi — sakkizinchi yurishda tajribali grossmeyster ochilishdagi (o‘yinning dastlabki qismi) eng oddiy va mashhur tuzoqlardan biri bo‘lgan “bolalarcha mot” bilan taslim bo‘ldi.

Skrinshot: YouTube / Levitov ChessSkrinshot: YouTube / Levitov Chess

Birinchi kunda o‘zbekistonlik grossmeyster Jahongir Vohidovni mag‘lub etgan rossiyalik 8 yoshli Roman Shogjiyev ikkinchi kunni norvegiyalik grossmeyster Yuxan-Sebastyan Kristiansen ustidan qozonilgan g‘alaba bilan boshladi.

Anastasiya Bodnaruk.Anastasiya Bodnaruk.

Ayollar o‘rtasidagi musobaqada rossiyalik xalqaro master Anastasiya Bodnaruk yakka peshqadamlik qildi, u turnirni 51 start raqami bilan boshladi va yig‘ish mumkin bo‘lgan 8 ochkodan 7 ochko jamg‘ardi.

Hindistonlik Xampi Koneru va xitoylik Mo Chjay hisobida 6,5 ochko bor.

Afruza Hamdamova.Afruza Hamdamova.

Yaqinda 14 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston vakili Afruza Hamdamova yaxshi natijalarni ko‘rsatishda davom etmoqda. U ikkinchi kunning birinchi davrasida mag‘lub bo‘ldi, keyin esa ukrainalik sobiq jahon chempioni Anna Ushenina bilan durang o‘ynadi va ikkita g‘alabaga erishdi. Sakkiz turdan keyin u 4,5 ochko bilan 43-o‘rinni egallab turibdi.

Birinchi kun yakuniga ko‘ra turnir jadvalining kuchli beshligidan joy olgan o‘zbekistonlik Umida Omonova ikkinchi kuni ketma-ket to‘rtta o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi va 68-o‘ringa tushib ketdi.

Umida Omonova.Umida Omonova.

Rapid bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi o‘yinlari 28-dekabr kuni soat 14:00 da boshlanadi. Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi turnirda hali yaqqol yetakchi yo‘q. Ochiq turnirda to‘rtta, ayollar musobaqasida esa uchta tur qoldi, shu bois chempionatning yakuniy natijasi noaniqligicha qolmoqda, hali ham ko‘p shaxmatchilarda g‘alaba qozonish imkoniyati mavjud.

9 turdan so‘ng erkaklar o‘rtasidagi turnir jadvali

афрuза hamdaмоva, jahonгiр воҳiдов, магнuс карлсен, нодiрбек абдuсатторов, rapid va blits bo‘yicha jahon чемпiонатi, шахмат

To‘liq jadval

8 turdan so‘ng ayollar o‘rtasidagi turnir jadvali

афрuза hamdaмоva, jahonгiр воҳiдов, магнuс карлсен, нодiрбек абдuсатторов, rapid va blits bo‘yicha jahon чемпiонатi, шахмат

To‘liq jadval